14 Aprel 2023 yil 308

Oltinsoy tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish, qonunchilik hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya etish yuzasidan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13 aprel kuni Oltinsoy tumani IIB majlislar zalida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa aosoan, tizimda korrupsiya illatlariga qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkib bilan bog‘liq salbiy holatlar profilaktikasi yuzasidan tanqidiy tahlilga asoslangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.Qosimovlar ishtirok etdi.

Ushbu yig‘ilishda mas’ullar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, “xodimbay” ishlashni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila a’zolari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan holda ko‘ngilsizliklarning oldini olish yig‘ilish ishtirokchilarga tushuntirildi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlangan videorolik shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etilib, har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi bo‘yicha tegishli tartibda ogohlantirildi.

Text to speech