8 Oktyabr 2024 yil 340

Oila — muqaddas dargoh.

Oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi uchun xalqimizga xos sabr-qanoat, o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat singari fazilatlarga amal qilib yashash lozim.

Ayniqsa, yoshlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash,  mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan, o‘ziga xos mazmunga ega tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Qumqo‘rg‘on tumani “Ulug‘bek” mahallasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu maktab nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash barobarida ularda oilaviy qadriyatlarni saqlash, ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashishi, shubhasiz.

Text to speech