19 May 2022 yil 442

Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘daning faoliyatiga chek qo‘yildi

Denov tumanida 2022 yil 27 aprel kuni mavjud ma’lumotlarga asosan, hozirgi vaqtda Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida vaqtincha yashovchilar, Andijon viloyati, Asaka shahrida yashovchi, M.Malohat, Denov tumani “Qovunlisoy” mahallasida yashovchi, Sh.Shodiya va tumanning “Qovunlisoy” mahallasida yashovchi, Sh.Shoiralar ijtimoiy tarmoqdagi “Telegramm” messedjeri orqali Denov tumanining “Istiqbol” mahallasida yashovchi, D.Dilafro‘z (ism shariflar o‘zgartirilgan) uni va Sariosiyo tumani “Dashtnobod” mahallasida yashovchi, E.Elenoralarni Turkiya Respublikasida fohishalik qilib, ko‘p pul topishga qiziqtirib, fohishalikdan topgan pullarini 50 foizini ularga berishlarini, bundan tashqari, yo‘l harajatlarini hamda “COVID-19” ma’lumotnomasini o‘z hisoblaridan to‘g‘rilab, ularni moddiy tomondan o‘zlariga qaram qilib, Turkiya Respublikasiga olib ketmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Surxondaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosi hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi Denov shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Shoira, D.Dilafro‘z hamda E.Elenoralarni M.Malohat hamda Sh.Shodiyaning qo‘liga ya’ni Turkiya davlatiga foxishalikka jo‘natayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
27 aprel kuni M.Malohat, Sh.Shodiya va Sh.Shoiralarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b,e” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech