7 Dekabr 2022 yil 327

“Nurli maskan” farzandlariga issiq kiyim-kechalar berildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.S.Ismoilov Angor tumanining Sharq guli mahallasi hududida joylashgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Maktab-internatida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi va ularga sovg‘a sifatida issiq kiyim-kechaklar berildi.

Text to speech