17 Sentyabr 2022 yil 215

Nomzodlardan psixologik test sinovlari olindi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida nomzodlardan psixologik test sinovlari olindi.

Ushbu test sinovlari orqali nomzodlarning aql-zakovat, umumiy intellektual salohiyati, xotira, mantiqiy fikrlash, ziyraklik tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyati, shaxsga oid intividual xususiyatlari, kirishimlilik, psixik turg‘unlik hamda samimiylik kabi jihatlari o‘rganildi.

Psixologik o‘rganish natijalaridan muvvafaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ichki ishlar organlari xizmatiga tavsiya etish haqida, ushbu test sinovlaridan o‘taolmagan nomzodlarga ichki ishlar organlari xizmatiga tavsiya etmaslik haqida qaydnoma rasmiylashtirildi.

Text to speech