12 Noyabr 2024 yil 572

“Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Angor tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi.

                                   

2024-yil noyabr oyining dastlabki 10 kunligi ichki ishlar organlari tizimidagi kasaba uyushmalari va mehnat jamoalarida 11 noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni munosabati bilan 2024 yil 09  noyabr kuni Angor tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musoboqa yuqori saviyada tashkillashtirilib, musoboqa yakuniga ko‘ra, faxirli 1,2 va 3 o‘rinni egallagan jamoalar tuman IIB boshlig‘ining faxriy yorlig‘i xamda qimatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, shu kuni Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi mas’ul rahbarlari tomonidan, Ichki ishlar organlari safida uzoq yillar samarali xizmat qilgan, iste’fodagi katta serjant Mengliev Rashid va istefodagi Ximmatov Xoliqul Adamanovichning yashash xonadoniga borilib, xolidan xabar olindi. 

“Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi”da bu kabi sport musoboqalari va madaniy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech