18 May 2024 yil 555

Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari - yoshlar uchun ibrat maktabi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari - yoshlar uchun ibrat maktabi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Xasanova, Ekologiya partiyasi xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi deputati D.Axmedova, Denov tumanidagi namunali oila vakillari tuman IIB ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti O.Vahobov va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektori, kapitan G.Elmurodova hamda Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Nabievalar  tomonidan bugungi kunda oilalalar mustahkamligi-jamiyatimiz mustahkamligi ekanligi, oilaviy ajrimlar, xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlari kelib chiqishining oldini olish, yoshlarga bugungi kunda oilalarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Text to speech