2 May 2024 yil 603

Eng ko‘p – 20 ta havo shari O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryo osmonida uchirilmoqda

Ayni daqiqalarda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tayotgan Turizm kompleksi hamda tumandagi “Alpomish” o‘yingohida havo sharlarini uchirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Eng mashhur ushbu turistik tadbirda rang-barang va turli namunalardagi jami 20 ta havo shari Boysun ustidan osmonu falakka qush parvozi balandligida ko‘tarilgan.

Qiziquvchilar sharlar bortida bu betakror, ertaknamo hududning fazoviy manzarasini tomosha qilish, yoqimli kadrlarni foto va video kamera xotirasiga joylash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

E’tiborlisi, eng ko‘p – 20 ta havo shari parvozi O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryoda, Boysun osmonida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, havo shari ilk bor 1783 yil Versalda uchirilgan. Shar 500 metr balandlikgacha ko‘tarilib, 4 kilometr masofani uchib o‘tgan. Havo sharining ixtirochilari birinchi bo‘lib ixtirolariga hayvonlarni chiqarib sinab ko‘rishgan.

Text to speech