1 Aprel 2021 yil
831
Nazoratsiz qolgan bolalar bezorilik qildi
Denov tumanida 2021 yilning 3 mart kuni taxminan soat 14.30 lar chamasida, tumanning "Obodon" mahallasi hududida, tumanning "Obodon" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, T.F., tumanning "totuvlik" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, A.J.lar ota-onasi tomonidan nazorat qilinmaganligi xulqi salbiy tomonga o'zgarishi oqibatida o'zaro tortishib qolishib, T.F. qo'l va oyoqlari bilan A.J.ning duch kelgan joylariga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sabachi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. 25 mart kuni T.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati