8 Noyabr 2024 yil
404
Nazorat ostidagi yoshlar uchun yarmarka tashkil etildi
Termiz shahar IIB JXX Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar uchun Termiz shahar Bandlik va kambag‘allikni qizqartirish bo‘limida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Termiz shahar IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan tashkil etilgan yarmarkada nazorat ostidagi yoshlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish o‘rinlari bilan tanishib, 2 nafari ishga joylashtirildi.
Tadbir davomida ularning muammolari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi. 1 nafar nazorat ostidagi shaxsga kasbga o‘qitish uchun yo‘llanma ham taqdim etildi. Shuningdek, mutaxassislik talab etilmaydigan ish o‘rinlari bilan tanishgan yoshlardan 1 nafarining bandligi ta’minlandi