18 Oktyabr 2021 yil 413

Muzrabotlik bezoriga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Muzrabot tumanida 2021 yil 6 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 15 sentabr kuni soat 14.30 larda, tumanning "shaffof" mahallasida yashovchi, J.Omon tumanning shu mahalla hududida joylashgan choyxona yonida, tumanning "Yangihayot" mahallasida yashovchi, S.Sirojiddin bilan o'zaro janjal oqibatida, S.Sirojiddin jamiyatda yurish turish qoidasini buzib, qo'li bilan J.Omonni duch kelgan joyiga urib, "o'rtacha og'ir shikast" yetkazgan. 6 oktabr kuni S.Sirojiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech