19 Avgust 2021 yil 484

Muzrabotda Qidiruvdagi giyohfurush qo'lga olindi

Muzrabot tumanida 2020 yil mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Muzrabot tuman IIB Probasiya bo'limi hisobida turib, jazo o'tashdan bo'yin tovlaganligi sababli, Jinoyat ishlari bo'yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Muzrabot tumani "at Termiziy" mahallasida yashovchi, S.Namoz 2021 yil 6 avgust kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech