24 Dekabr 2021 yil 377

Muzrabotda, "Hokim yordamchilari" bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzrabot tumanida "Hokim yordamchilari" uchun seminar-treninglar va amaliy mashg'ulotlar davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov muzrabotlik Hokim yordamchilari va Yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan suhbatashishdi.
Joriy etilayotgan ushbu mas'uliyatli vazifada kelgusida ish olib borish tartiblari, aholini band qilish, yangi tadbirkorlik sohalarini tashkil etishda qaysi jihatlarga e'tibor berish lozimligi va boshqa dolzarb masalalar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Text to speech