Muzrabot tumanidagi otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son
Farmoni va Ichki ishlar vazirining 2024 yil 9 maydagi hamda viloyat IIB boshlig‘ining
2024 yil 15 maydagi tegishli Farmoyishlari ijrosi yuzasidan, Muzrabot tumani IIB
huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi kapitan X.Xo‘shboqov, tuman Kasb-hunar
maktabi va tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda At-Termiziy MFY a’zolari bilan
hamkorlikda Muzrabot tuamni IIB boshlig‘ining Manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
mayor N.Norqobilovga biriktirilgan 3-sektor hududida joylashgan At-termiziy mahallasi
yashovchi Otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!”
shiori ostida yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish va Vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash maqsadida, At-Termiziy mahallasida joylashgan Kasb-hunar maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni “Zukkolar” jamoasi, 2-o‘rinni “Renessans” jamoasi, 3-o‘rinni “Everest” jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi. Bundan tashqari, “Zakovat” intellektual o‘yini nufuzini va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida eng faol va bilimdon naminatsiyasi g‘olibiga aylangan Nurmamatova Shabnam Panji qiziga Muzrabot tuamni IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor N.Norqobilov tomonidan qimmatbaho sovg‘a va kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.