24 Fevral 2023 yil 227

Muzrabot tumanida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

 Joriy yilning 23 fevral kuni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov tashabbusi bilan Muzrabot tumanida uyushmagan yoshlar o‘rtasida, Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi. 

Tadbirning bir qismi tumanda faoliyat yuritayotgan “Kasb hunar maktabi” da bo‘lib o‘tib, unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor A.Xudoyberdiev, tuman sektor rahbarlari va soxaga oid mutasaddi tashkilot rahbarlari  uyushmagan yoshlar bilan uchrashib, ishsiz yoshlarni avtomobillarga tehnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik, tikuvchilik, duradgorlik, santexnik kabi kasblarga o‘qitish borasida amaliy harakatlarga kirishildi. Muloqotlardan so‘ng  yoshlar maktabda yaratib berilgan shart-sharoit hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi. 

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech