Muzrabot tumanida otaliqqa olingan hamda o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Muzrabot tumani
Oriyat mahallasi hududida joylashgan 2 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari
hamda otaliqqa olingan yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, vatanga
bo‘lgan mehrini yanada oshirish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati
tashabbusi bilan “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tashkil qilingan tadbirda viloyat IIB sohaviy xizmatlarining
maxsus texnikalari, avtoulovlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini
olish hamda “issiq izi”da fosh etishda davomida xizmatda foydalaniladigan maxsus
vositalari, maxsus otryad “robot”lari hamda xizmat itlarining jinoyatlarni fosh etishdagi faoliyatlari
bilan yaqindan tanishtirildi. O‘quvchi yoshlar o‘zgacha hayajon, o‘zgacha shavq
va zavq bilan tadbirda faol ishtirok etishdi.