10 Oktyabr 2024 yil
491
Muzrabot tumanida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Xabaringiz bor, maktablardagi o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt
oldini olish, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan alohida shug‘ullanish, ularni to‘g‘ri
yo‘lga qaytarish maqsadida Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shu maqsadda maktablarda inspektor-psixologlar hamda yoshlar va ularning ota-onalari
bilan uchrashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun
Muzrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Payshanba profilaktika
kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi. Unda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlar
yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan to‘garaklarda sport
bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar. Shuningdek,
ular uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.