9 Noyabr 2024 yil
528
Muzrabot tumani IIBda yoshlar uchun mehnat yarmarka tashkil etildi
"Yoshlar va biznesni qo‘llab- quvvatlash yili" doirasida Muzrabot tumani IIB binosida 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i O‘.R.Shukurovning tashabbusi bilan Probatsiya nazoratida turib jazo o‘tayotgan yoshlarga "Mehnat yarmarkasi" tashkil qilinib, unda Probatsiyadagi yoshlarni bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi va kelgusida qayta jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida ish o‘rinlari bilan tanishtirilib 4 nafar nazoratdagi shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ishga joylashtirildi. Bundan tashqari yoshlarni qiziqishiga qarab tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib kelgusida tadbirkorlik qilish niyati bor yoshlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha aytib o‘tildi.