Muzrabot tumani IIB boshlig‘i tomonidan tumanda eng ko‘p murojaati qayd etilgan mahallaning muammolari joyiga chiqilgan holda o‘rganildi.
Muzrabot tumani IIBda joriy yilning 15 iyul kuni 2024
yilning 2-choragi davomida fuqarolar tomonidan eng ko‘p murojaat kelib tushgan mahallalar
tahlil qilindi. Tahlilga ko‘ra Muzrabot tumanining “Mehnatobod” mahallasi hududida
istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan eng ko‘p murojaatlar kelib tushganligi ma’lum
bo‘ldi.
Shunga asosan bugun ushbu
qilinayotgan muammoli murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga ijobiy
yechim izlash maqsadida Muzrabot tuman IIB boshlig‘i 3- sektor rahbari podpolkovnik
O‘.Shukurov boshchiligida tuman IIB sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan ushbu mahalla
hududida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, tanqidiy tahlil asosida
ko‘rib chiqildi. Mahalla ahlini qiynab ketlayotgan muammolarning aksariyati ijobiy
hal qilindi.