4 Mart 2022 yil
370
Muzrabot tumani 3-sektorda «Zakovat» intellektual o'yinining g’oliblari aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92 sonli qarori ijrosi yuzasidan yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Zakovat intellektual o’yinining sektor bosqichi o’tkazildi. Tadbir koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtkazildi.
Intellektual bahs yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rinni "Yangi diyor" MFY jamoasi yoshlari
2-o'rinni "At- Termiziy" MFY
3-o'rinni "Darband" MFY jamoalari egalladilar.
1-o'rinni egallagan "Yangi diyor" MFY yoshlari jamoasi turnirning tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.