22 Avgust 2024 yil
236
Muzrabot tumani 3 sektor hududida fuqarolar murojaatlari “Sayyor qabul”da tinglanib, joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Muzrabot tumani
"Oriyat" mahallasida 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i Shukurov O‘tkir
Ro‘zievich ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda 40 dan ortiq
fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Ushbu sayyor qabulda sohaviy
tegishliligi jihatidan hokim yordamchilari, tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib,
aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlarini o‘rganishdi.
“Sayyor qabul” so‘ngida
O‘tkir Shukurov mahalla faollari, mahalladan saylangan deputat ishtirokida murojaatlarni
joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Qabulda fuqarolar tomonidan
yo‘llangan har-bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirilib,
ijrosi nazoratga olindi.