Muzrabot tumani 3-sektor hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi bog‘i” tashkil etildi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, "Yashil" belbog‘larni tashkil etish hamda daryo va kanal yoqalaridagi yerlarni muhofaza qilish, eroziyaga uchrashini oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tashabbusi bilan, Muzrabot tumani 3-sektor hududidagi "Oriyat" mahallasi hududida “Surxondaryo viloyati IIBning bog‘i” barpo etildi.
Viloyat hamda tuman
Ichki ishlar organlari xodimlari, jamoatchilik hamda yoshi ulug‘ nuroniylar ishtirokida
1 gektar yer maydonida tashkil etilgan boqqa hashar yo‘li bilan, bir ming besh yuz
tup shaftoli ko‘chatlari yaxshi niyatlar bilan ekildi.
Ekilgan mevali ko‘chatlar
bexato ildiz olishi, ertangi kelajakka meva berishi uchun ushbu barpo etilgan boqqa
mas’ullar va bog‘bonlar biriktirildi.