18 Iyul 2024 yil 572

Muzrabot tumandagi “Otaliqqa olingan yoshlar” Ekspert-kriminalistika sohasi sir sinoatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Muzrabot tuman 3 sektor hududida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limiga biriktirilgan “Otaliqqa olingan yoshlar” hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy ma’rifiy salohiyatini yuksalitirish, huquqiy va kitobxonlik savodxonligini oshirish, ijtimoy qo‘llab quvvatlash maqsadida, tumanning Shaffof mahallasi hududida joylashgan 10-sonli Musiqa maktabida Surxondayo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik J.Pardaev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi hamda viloyat IIB Maxsus otryad xodimlari tomonidan sohaga oid  ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbirda, “Otaliqqa olingan yoshlar” kriminalistika sohasi hamda amaliyotda foydalanadigan asbob-uskunalar, texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yoshlar ushbu sohaning murakkabligi va naqadar nozikligiga alohida e’tibor qaratib, eskpertiza sohasi xodimi bo‘lish orzusi uyg‘ondi.  

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech