29 Noyabr 2022 yil 224

Muzrabot pedegogika kasb-hunar kollejida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugungi kunda "Islom" dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, "Jaholatga qarshi-ma’rifat" tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Muzrabot pedagogika kasb-hunar kollejining pedagog xodimlari, talaba-yoshlari ishtirokida Muzrabot tuman hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Berdieva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Xolto‘raev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi "Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahalladagi mahalla faollarining ishlarini muvofiqlashtirish va boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis F.Jumaeva, tuman IIB JXX XPB XQMB katta inspektori, mayor A.Qodirova, yig‘ilishga doir mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan tushuntirish berilib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Text to speech