14 Yanvar 2025 yil 566

Mutaxassis-psixologlar tomonidan kundalik xizmat faoliyatini maxsus vositalar bilan olib boradigan xodimlarga xizmat oldi yo‘riqnomalar berilib, psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan kundalik xizmat faoliyatini maxsus vositalar bilan xizmatga jalb etiladigan xodimlar bilan xizmat oldi tegishli psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Psixoprofilaktik suhbatlar davomida, xodimlarga xizmat olib borish jarayonida fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lishlari, og‘ir vaziyatlarda stress holatlariga berilmaslik, maxsus vositalardan foydalanish vaziyati vujudga kelgan vaqtida vazirlikning tegishli me’yoriy buyruq talablari asosida foydalanishlari tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.

Text to speech