Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari sayohat davomida, buyuk allomalar qadamjolarini ziyorat qilishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 28 iyul kuni Toshkent shahridagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u erda tarbiya topayotgan o'g'il-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish davomida bir qator davlat idoralariga topshiriqlar bergan edi.
Mazkur berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 30 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini homiylik asosida, Termiz tumani hududidagi "Al-Hakim at-Termiziy" majmuasi va "Sulton Saodat" ziyorat maskani hamda Termiz shahridagi "Tarix va Madaniyat muzeyi"ga olib borilib, ularning xavfsizliklarini ta'minlash bilan bir qatorda yurtimizning buyuk tarixi va urf odatlari tanishtirilib, milliy etnik tariximiz haqida ma'lumotlar berib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati