2 Avgust 2021 yil 557

Mehmonxonalarda karantin qoidalariga rioya etish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 17 iyul kunidagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha" Respublika maxsus komissiyasining 78-sonli yig'ilish bayoni talablaridan kelib-chiqib, dunyoda tobora avj olib borayotgan koronavirusning yurtimizda keng tarqalishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda, turizm namoyish ob'ektlari, tarixiy qadamjolar va mehmonlar tashrif buyurib istiqomat qiluvchi mehmonxonalardagi ishchi va xizmatchilari o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Bunda asosiy e'tibor, odam ko'p to'planadigan maskanlarda doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishlari, fuqarolarimiz hamda vohamiz mehmonlari tibbiy niqobda yurishlari, antiseptik vositalardan foydalanishlari talab etilmoqda.
Shu o'rinda, ta'kidlash joizki bu kabi targ'ibot va tashviqot tadbirlarining o'tkazilishi fuqarolarimiz hamda vohamizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning sog'liklarini asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech