4 Noyabr 2021 yil 448

Mastlikning oqibati yaxshilik bilan tugamadi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 16 oktabr kuni soat 21.30 da, shu tumanda yashovchi, X.Salim (ism shariflar o'zgartirilgan) tanishi, N.Eldorning yashash uyida bo'layotgan to'yga borib, to'yda mast holda, mahalladoshi, T.Ikrom bilan o'zaro janjallashib qolib, yonida olib yurgan pichoq bilan T.Ikromni ko'krak qafasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan. 19 oktabr kuni X.Salimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech