21 Iyul 2021 yil 566

Mashinafurush firibgarning firibi fosh etildi

Muzrabot tumanida 2021 yil 8 iyun kuni tumanning "Buyuk ipak yo'li" mahallasida yashovchi, X.Sherali tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 12 yanvar kuni tumanning "Darband" mahallasida yashovchi, B.Safar unga Neksiya rusumli avtomashinasini 60.000.000 (oltmish million) so'mga kelishib, undan 30.000.000 (o'ttiz million) so'm pullarini olib, avtomashinani ramiylashtirib bermasdan kelayotganligi, shuningdek, B.Safar 2020 yil 11 fevral kuni tumanning "oriyat" mahallasi hududida, Jarqo'rg'on tumani, "Obi hayot" mahallasida yashovchi, Y.Azizga tegishli Neksiya rusumli avtomashinani 49.500.000 (qirq to'qqiz million) so'mga sotib, y.Azizdan 15.000.000 (o'n besh million) so'm pullarini olib, ushbu avtomashinani boshqa haridorga sotib yuborib, y.Azizga 15.000.000 (o'n besh million) so'm pullarini bermay yurganligini aniqlangan. 7 iyul kuni B.Safarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech