Markazda saqlanayotgan voyaga etmagan yoshlarga turizm obe’ktlari tanishtirildi
Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan voyaga
yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, viloyatimizda o‘tkazilayotgan
Ichki turizm yarmarkasiga tashrifi amalga oshirildi.
Unda bolalarga viloyat
IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan viloyatimizda mavjud turizm
obe’ktlarini tanishtirish, turizm sohasidagi tadbirkorlik, turoperator va turagent
kabi yangi sohalarni tanishtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlarda bolalarning ishtiroki
kelgusi hayotida sohadagi kasblarni va hunarlarni egallashida yuqori qiziqishlarni
uyg‘otishiga zamin yaratadi.