Ma'naviy - ma'rifiy ishlarning yangi tizimi!
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Sh.Mirziyoevning 2021 yil 19 yanavar kuni "ma'naviy - ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarni samarali ijrosini ta'minlash borasida barcha vazirlik va idoralarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va ichki ishlar vazirligi bilan "hamkorlik va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi o'zaro hamkorlik memorandumining imzolanishi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim qadam bo'ldi.
Sho'rchi tuman ichki ishlar bo'limida tashkil etilgan tadbirda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli vazifalar haqida so'z yuritildi.
Tadbir davomida tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga tuman ichki ishlar bo'limida tashkil etilgan "ma'rifat" xonasining kaliti topshirildi.
Ushbu tadbir davomida "ma'rifat" xonasiga bo'linma tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.