9 Aprel 2025 yil 812

“Ma’naviyat oyligi” doirasida “Buyuk sohibqiron – millat faxri va g‘ururi!" shiori ostida IIV Surxondaryo akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-aprel kuni “Ma’naviyat oyligi”  doirasida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida “Buyuk sohibqiron – millat faxri va g‘ururi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, akademik litsey o‘quvchilari tomonidan davlat arbobi haqida kuy-qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar qilindi.orqali uning hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar,

Shuningdek, Amir Temur hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, viktorina sharti hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Text to speech