25 May 2023 yil 187

“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmatining tashabbusi bilan joriy yilning 24 may kuni Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Ichki ishlar organlari xodim va xodimalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda mintaqaning, shahar, tuman ichki ishlar organlari xodimlaridan tuzilgan jami 5 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni, Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limining “Sangardak” jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limining “Adolat” jamoasi hamda 1-o‘rinni Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasining “Leytenantlar” jamoasi  qo‘lga kiritdi.     

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga viloyat IIB boshlig‘ining diplom, kubok, kitoblar jamlanmasi hamda pul mukofotlarini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi va erishgan g‘alabalari bilan muborakbod etdi.

Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobilyati shuningdek, hozirjavobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birga xodimlarning o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini hamda ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Text to speech