23 May 2023 yil 206

“Ma’naviyat oyligi” doirasida, xodimlar psixodiagnostik tekshiruvidan o‘tkazilishi davom etmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlarida “ Vatanga va xalqga sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi”doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.  Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech