12 Aprel 2021 yil 462

Maktab o'quvchisiga tan jarohati etkazdi...

Denov tumanida 2021 yilning 18 mart kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, tumanning "Qorako'z" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, A.S.ni mahallasi hududida, mahalladoshi, M.A. o'zaro janjal sababli qo'lidagi tayoq bilan duch kelgan joyiga urib, A.S.ga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Natijada 4 aprel kuni M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech