Mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligi mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
2022 yilning 17 noyabr kuni Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xamkorligida, “Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaniyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” hamda “Mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda, Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Turizm ob’ektlari mas’ullari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida sohaga oid o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan o‘rtoqlashish asnosida, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savol va takliflar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.