3 Mart 2025 yil
732
“Lochin” senga omad yor bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 25-dekabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari o‘quvchi va kursantlari o‘rtasida “Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 28-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi “Lochin” jamoasi “JAR” sport sog‘lomlantirish markazida tashkil etilgan musobaqada faol ishtirok etdi.
O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda akademik litseyning “Lochin” jamoasi “Eng faol jamoa” nominatsiyasini qo‘lga kiritib, IIVning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.