1 Avgust 2023 yil 165

“Ko‘pkurash” musobaqasida IIV Surxondaryo akademik litseyining "Lochin" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Bugun 1-avgust kuni Jarqo‘rg‘on tuman 2-son Kasb hunar maktabida "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!" shiori ostida "Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Jarqo‘rg‘on tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa tumandagi professional ta’lim muassasalari (kasb hunar maktablari hamda akademik litsey) o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida IIV Surxondaryo akademik litseyining "Lochin" jamoasi g‘olib deb topilib, musobaqaning viloyat bosqichida ishtirik etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Text to speech