16 Sentyabr 2024 yil 193

Ekspert kriminalistika markazi xodimlari tomonidan prokuratura xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ekspert kriminalistika markazi ekspertlari I.Alimov, S.Choriev, X.Nomazovlar tomonidan viloyat prokuraturasida "Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ekspert-kriminalistning roli va vazifalari" mavzusida o‘quv amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida Ekspert kriminalistika markazi xodimlari tomonidan mavjud kriminalistik texnikalardan tezkor tadbirlar, tergov va tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida foydalanish hamda bu boradagi tergov-surishtiruv organlariga qulayliklar to‘g‘risida bevosita amaliy mashg‘ulotlar davomida ko‘rsatib o‘tildi.

Text to speech