22 Iyun 2021 yil 574

Kovidga qarshi targ'ibot tadbirlari

Surxondaryo viloyati IIB YHXB boshqarmasi xodimlari Termiz tumanida joylashgan "Ayritom" bojxona chegara postida, Afg'oniston Islom Respublikasida koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o'zbek-afg'on Davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to'xtatilganligi, o'z yurtiga qaytayotgan O'zbekiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarolariga xizmat ko'rsatayotgan avtomashina haydovchilarini pandemiya talablariga qat'iy rioya qilishlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, pandemiyaga qarshi emlash uchun maxsus labaratoriyaga taklif qilinmoqda.

Text to speech