17 Iyul 2021 yil 625

Kondisioner kushandasi qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yilning 23 iyun kuni shaharning "Turon" mahallasida yashovchi, M.Asliddin Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 16 may kuni shaharning "Bo'ston" mahallasi Ibn-Sino ko'chasida joylashgan "aqlli bekat"dan, narxi 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so'mlik 1 dona "inventor Artel" rusumli kondisionerini, 22 iyun kuni shaharning "Bo'ston" mahallasida joylashgan "aqlli bekat"dan xuddi shunday narxi 1.300.000 so'mlik (bir million uch yuz ming) 1 dona "inventor Artel" rusumli kondisionerlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Denov tumani "Obodon" mahallasida yashovchi, E.Zafar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 iyul kuni E.Zafarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech