Kinologiya bo‘linmasi xodimlari bilan psixoprofilaktik suhbat o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik
ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya
bo‘linmasi xodimlarining psixoemotsional holatini o‘rganish maqsadida ular bilan psixoproflaktik suhbat olib borildi.
Bunda asosiy e’tibor, Kinologiya bo‘linmasi shaxsiy tarkibi
o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini
muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash va
ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy,
amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Shu bilan birga xizmat
davomida, xodimlar duch keladigan muammoli va qiyin vaziyatlarda o‘zlarini qanday
tutishlari, bu jarayondan ruhiy zo‘riqishlarsiz chiqib ketishlari yuzasidan tavsiyalar
berildi.