31 Mart 2023 yil 210

Kinolog xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullaevning 2023 yil 27 mart kunidagi "Ichki ishlar organlarining kinologiya bo‘linmalari kinolog xodimlari bilan sayyor o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi xodimlari bilan "Iz-qidiruv" yo‘nalishi bo‘yicha sayyor o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi IIV  Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati Kinologiya bo‘limi bosh inspektori podpolkovnik U.Nazarov tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Text to speech