Kiberjinoyatdan ogoh bo‘ling
Surxondaryo viloyati IIB TQX
Kiberxavfsizlik bo‘limi hodimlari
tomonidan Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat universitetining
Axborot texnologiyalari fakultetida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
“Kiberjinoyatchilik va ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil
va sharoitlar” mavzusidagi tadbirda hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali
targ‘ib qilinib, sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, feyk havolalar, keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik
turlari haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida shu kabi
qonunbuzarliklar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar
berildi.
Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga javob olishdi