8 Iyul 2024 yil
359
Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida Angor tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida
ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot
tadbirlari olib borilmoqda.
Buning
misoli sifatida, Angor tumanining "Yangi turmush" mahallasida Angor tuman
IIB Jamoat xavsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i
hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi
profilaktika inspektori va mobil guruh vakillari ishtirokida aholi uchun ayni
yo‘nalishda tushuntirish targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida fuqarolar o‘zlarining
kiberjinoyat, uning turlari va undan himoyalanish yo‘llari haqidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lishdi.