“Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut profilaktika inspektorlari Bahodir Allaberdiev, Sardor
Amanov, shuningdek, fakultet tyutor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik
va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar, ularning oldini olish choralari haqida atroflicha
tushuntirishlar berildi. Talabalarga onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish,
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir talaba-yoshlarning kiber savodxonligini oshirish va axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.