"Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida, xodimlar bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
"Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bunda asosiy e’tibor, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.