28 Iyun 2021 yil 498

Karantin kuchaytirilishi munosabati bilan targ'ibot va reyd tadbirlari o'tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB YHXB hamda PPX xodimlari hamkorlikda xizmatga jalb etilib, ertalabgi yo'riqnomada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 28 iyun kunidan 12 iyul kunigacha Surxondaryo viloyatida ham karantin cheklovlari o'rnatilganligi, viloyatning barcha hududlarida ko'ngilochar ob'ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o'yinlari markazlari, umumiy ovqatlanish ob'ektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni soat 8:00dan 20:00gacha faoliyat olib borishini va yo'lovchi tashuvchi transport vositalarida karantin talablariga rioya etilishini nazorat qilish, fuqarolarga targ'ibot profilaktik ishlar olib borilishi tushuntirildi.

Text to speech