2 Aprel 2020 yil 856

Karantin: diqqat e'lon! Termiz shahri hamda tumanlarda kirish va chiqish to'xtatiladi

Joriy yilning 27 mart kuni viloyat hokimligida viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Viloyat hokimi, komissiya raisi To'ra Bobolov boshqarib borgan yig'ilishda voha aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish hamda koronavirus infektsiyasining viloyat hududi bo'ylab tarqalishini oldini olish maqsadida, 2020 yil 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport vositalarining (avtobus, mikroavtobus, engil avtomototrasportlar) harakatlanishi (oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmon vositalarini tashuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) to'xtatilishi belgilandi.
Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda doimiy yashovchi (ro'yxatdan o'tgan) shaxslarga, Termiz shahri va tumanlarda joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig'iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Fuqarolarimizdan karantin davrida o'rnatilgan tartib qoidaga amal qilishlari va o'z uylarida qolishi iltimos qilinadi.
Karantin tartib qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Qonunchilik doirasida qat'iy choralar ko'riladi.
Eslatib o'tamiz! 2020 yil 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport (avtobus, mikroavtobus, engil avtomototrasportlar) vositalarining harakatlanishi to'xtatiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech