Yo‘llar sirpanchiq vaqtda avtomobilni to‘g‘ri boshqarishning bir necha oddiy usullari mavjud:
✅ yo‘lning notekis qismida tormozni bosmang;
✅ burilish joylarida harakat tezligini bir me’yorda saqlang;
✅ sirpanchiq yo‘lda tormozni qattiq bosmang.
⚡️Avtomobil sirpanishni boshlaganda qanday choralar ko‘rish zarur?
✅ sirpanchiq yo‘lda avtomobilning orqa chap yoki o‘ng tomoni sirpanishni birinchi boshlashi mumkin;
✅ sirpanchiq yo‘lda rul chambaragini sekin va aniq aylantirish kerak. Shu bilan birga:
agar avtomobilni orqa g‘ildirak boshqarsa, gazdan oyog‘ingizni oling. Agar oldi g‘ildirak boshqarsa, gazni bosib tezlikni ozgina oshiring;
✅ avtomobil sirpanchiq yo‘ldan chiqqandan so‘ng, rul chambaragini to‘g‘ri holatga qaytarish zarur. Agar o‘z vaqtida qaytarmasangiz, avtomobil o‘z yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishga o‘tib ketishi mumkin.
Ushbu usullar to‘g‘ri bajarilsa, avtomobil yana boshlang‘ich holatiga qaytadi va o‘z yo‘nalishingizda davom etishingiz mumkin.